Ayol – yuksak ma’naviyat sohibi

O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Samarqand viloyati kengashida 8 mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan ana shu mavzuda davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda partiya faollari, deputatlar, “Ayollar qanoti” faollari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbirni partiyaning viloyat kengashi raisi I.Botirov ochib, barcha xotin-qizlarni bahorning eng go‘zal bayrami bilan qutladi. Jamiyat hayotida ayollarning o‘rni beqiyos ekani, ayniqsa, deputat ayollar faolligi joylarda ijtimoiy masalalarni hal etishda muhim ahamiyat kasb etayotganini ta’kidladi.

“Ayollar qanoti” tizimida faoliyat yuritayotgan ayollar mamlakatimizda xotin-qizlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, ularning davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida fikr bildirishdi.

Ta’kidlandiki, jamiyat hayotining deyarli barcha sohalari — davlat va jamiyat boshqaruvi, ta’lim-tarbiya, sog‘liqni saqlash, fermerlik va tadbirkorlik, sport, madaniyat va san’at yo‘nalishlarida erishilayotgan yutuqlar zamirida ayollarning fidoyi mehnati mujassam. Ayniqsa, yosh avlodni bilimli, vatanparvar va barkamol qilib tarbiyalashda onalarning o‘rni beqiyos.

Tadbir yakunida faol ayol deputatlarga bayram sovg‘alari topshirildi.