"Ayollar daftari"ga kiritilgan xotin-qizlar muammosi o‘rganildi

Viloyat sudi hamda Samarqand shahar hokimligi tashabbusi bilan shaharda sayyor qabul o‘tkazildi.

Unda Samarqand viloyat sudi sudyasi Otabek Nabiyev, jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudi raisi o‘rinbosari Bekzod Jumaboyev, sudya Zarifa Ahmedova hamda shahar hokimligi vakillari Samarqand shahrining 3-sektor hududida yashovchi “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar muammolarini o‘rgandi.

Sayyor qabul davomida sudyalar xotin-qizlarga huquqiy yordam ko‘rsatdi, shahar hokimligi mas’ullari tomonidan yechimi topilmayotgan muammolarni hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Orif Pardayev,
jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining raisi.