Ayollarni kelajakda nimalar kutmoqda?

Ayollar go‘zallashadi

Xelsinsk universiteti olimlari vaqt o‘tgani sayin ayollar yanada maftunkor bo‘ladi, degan fikrga kelishdi. Ular shunday urfni olib chiqishdi: chiroyli ayollar, u qadar chiroyli bo‘lmagan ayollarga qaraganda ko‘proq farzand dunyoga keltirishadi. Shuningdek, zamonaviy imkoniyatlar bilan ayollar yildan yilga tashqi ko‘rinishlariga ko‘proq e’tibor qaratishadi. Shunday qilib, ikkita avloddan so‘ng yer yuzida go‘zallik hukmron bo‘ladi.

Ayollar pasayadi

Yelsk universiteti professori Stiven Stirns shunday nazariyani ilgari surdi: ayollar avloddan avlodga pasayib boradi. Tadqiqot guruhi 14000 tibbiyot kartalarini o‘rganib chiqdi. Undagi tendensiyaga ko‘ra, qizlar avloddan avlodga pasayib ketgan. Afsuski, ushbu tadqiqot ayollarning vazni oshib borishini ham ko‘rsatmoqda: statistika bo‘yicha har bir avlodda ayol kishi 1 kiloga semiradi.

Ayollar bir-birlariga o‘xshashadi

Turli soha vakillari bir necha avloddan keyin ayollar bir-birlariga o‘xshab ketishadi, degan fikrga kelishdi. Buning sababi butunjahon globalizatsiyasi va irqlarning aralashib ketishida. Tabiiyki, moda ham bu borada sezilarli ahamiyatga ega bo‘ladi.