Odam savdosi bilan shug‘ullanayotgan samarqandlik ayollar qo‘lga olindi
Bir marotaba kechirilgan ayol o‘ziga to‘g‘ri xulosa chiqarmadi.
29 yanvar kuni 28 yoshli Shoira N., va 32 yoshli Nilufar R., lar Muxlisa ismli shaxsga Turkiya davlatining Istanbul shahrida fohishalik bilan shug‘ullanish orqali moddiy mablag‘ orttirishni taklif qilganliklarini, unga Istanbul shahriga borish uchun barcha yo‘l kira va boshqa xarajatlarini to‘lab berishlarini va’da qilib, jinoiy sheriklari hozirgi kunda Turkiya davlatida yashovchi Nargiza G., ismli shaxsning oldiga Toshkent xalqaro aeroporti orqali yuborayotgan vaqtlarida huquqni muhofaza qilivchi organ xodimlari tomonidan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Shoira N., va Nilufar R., larga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi 2-qismi “ye” bandi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Dastlabki tergov davomida Shoira N., muqaddam shu kabi sodir qilgan xatti-harakatlari tufayli Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi “a” bandi (odam savdosi) bilan sudlanib, 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilinib, afv etilganligi aniqlandi.
IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.