BAA arab dunyosida birinchi atom stansiyasini ishga tushirdi

BAA Bosh vaziri va Dubay hukmdori Muhammad ben Rashid Al-Maqtum 1 avgust kuni arab dunyosida ilk “Baraka” atom stansiyasi ishga tushirilganini e’lon qildi.

“Bugun BAA arab dunyosida birinchi marta Abu-Dabidagi “Baraka” stansiyasidagi reaktorni muvaffaqiyatli ishga tushirganini e’lon qilamiz. Mutaxassislar yadroviy yoqilg‘ini yuklashni, kompleks sinovlar o‘tkazishni va ishga tushirish amaliyotini muvaffaqiyatli yakunlashning uddasidan chiqishdi”, deb yozdi Bosh vazir o‘zining Tvitter sahifasida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, BAA davlatni ekologik toza, ishonchli va xavfsiz elektr quvvati bilan ta’minlaydigan to‘rtta atom elektrostansiyani faollashtirishni rejalashtirgan.

“Baraka” AES to‘rtta energoblokdan iborat bo‘lib, umumiy hisobda 5,6 megavatt quvvatga ega.