BAA O‘zbekistonga navbatdagi insonparvarlik yordamini jo‘natdi
- 16.10.2020 09:26
- 62
- O‘zbekiston
Birlashgan Arab Amirliklari O‘zbekistonga COVID-19 ga qarshi kurashish maqsadlari uchun 7 tonna insonparvarlik yordami ko‘rsatdi. Bu haqda «Dunyo» AA xabar berdi.
Mamlakatimizning Abu-Dabidagi elchixonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, gumanitar yuk tarkibiga o‘pkani sun’iy shamollatish vositalari, kislorod konsentratorlari, PSR-laboratoriyalari va ekspress test-tizimlar hamda yordamchi tibbiy asbob-uskunalar kiritilgan.
Tibbiy yuk O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligiga mamlakatimizning barcha mintaqalarida tarqatish uchun topshiriladi.
BAA O‘zbekistonga COVID-19 tarqalishiga qarshi kurashish uchun mo‘ljallangan tibbiy mahsulotlarni to‘rtinchi bor taqdim etdi. Pandemiya boshlanganidan buyon mamlakatimizga 51 tonna insonparvarlik yordami yetkazib berildi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Plastilin, vazelin va kinoeffektlar...
- Kecha, 14:47
- O'qing, qiziq!
Samarqandda ham speleoturizm rivojlantiriladi
- Kecha, 14:43
- Sayohat
5 yil – 5 qadriyat – yangi marralar sari!
- Kecha, 11:37
- Ta’lim
Biz ham yelkamizni tutib beraylik!
- Kecha, 10:06
- Mutolaa