Ishbilarmonlar va iste’dodlilar BAA fuqarosi bo‘lishi mumkin

Birlashgan Arab Amirliklari hukumati birinchi bor chet elliklarga fuqarolik olishga imkon berdi, deb xabar bermoqda «360» telekanali. Mamlakatga professional kadrlarni jalb qilish maqsadida qonunga tegishli tuzatishlar kiritildi.

«Yangi farmon mamlakatimiz rivojlanishiga hissa qo‘shadigan iste’dodli kishilarni jalb qilishga qaratilgan», deya BAA Bosh vaziri shayx Rashid Al Maktum fikrini keltirmoqda WAM agentligi.

Barcha ijtimoiy imtiyozlarga ega bo‘lgan BAA pasporti yoki mamlakat iqtisodiyot vazirligi tomonidan tasdiqlangan patent ushbu davlat hududida ko‘chmas mulkka ega bo‘lgan investorlarga beriladi.

Shuningdek, professional muvaffaqiyat, nufuzli mukofot hamda kamida o‘n yillik ish tajribasiga ega bo‘lgan shifokor, mahandis, olim va san’atkorlar amirlik fuqaroligini olishga da’vo qilishi mumkin.