Pokistonga insonparvarlik yordami jo‘natildi
- 29.09.2022 18:12
- 25
- O‘zbekiston
Termiz xalqaro aeroportidan O‘zbekiston Respublikasi hukumati va BMTning Qochoqlar ishlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi Pokistondagi halokatli suv toshqinlaridan jabrlanganlar uchun insonparvarlik yuklari ortilgan havo transportini Karachi shahriga jo‘natdi.
O‘zbekiston Mudofaa vazirligi taqdim etgan samolyot orqali yuborilgan qariyb 15 tonna ya’ni, 84 ta qochoqlar uchun mo‘ljallangan ixcham turar-joy to‘plamlari dastlab O‘zbekiston Respublikasi ko‘magida “Termez Cargo Centre” xalqaro transport-logistika xabi hududida tashkil etilgan BMTning Qochoqlar ishlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi Mintaqaviy gumanitar-logistik markaziga keltirildi. Bu yerdan ikkita og‘ir yuk avtomashinasiga ortilib, Termiz xalqaro aeroportidagi havo layneriga yetkazildi.