Balli, Muhammadali, yashavor, Laziz!

Bugungi murakkab epidemiologik vaziyatda davlatimiz tomonidan yoshlarga berilayotgan imkoniyatlardan unumli va samarali foydalanib, o‘zining qiziqishi, shijoati, ishbilarmonligi bilan ayrim tengdoshlarimiz ko‘pchilikka namuna bo‘lishmoqda.
Masalan, Samarqand shahridagi Tadbirkorlar mahallasida yashovchi yosh tadbirkor Muhammadali Akbarov bankdan imtiyozli kredit olib, xonadonida dasturlash xizmatini yo‘lga qo‘ydi. Bu bilan u nafaqat o‘zini, balki pandemiya oqibatida ish o‘rinlarini yo‘qotgan 4 nafar tengdoshini ham ish bilan ta’minladi. Ular tibbiyot va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun dasturlar yaratib berishmoqda.
Shuningdek, Samarqand shahridagi Urguti mahallasida istiqomat qilayotgan yosh ishbilarmon Laziz Xalilov ham bankdan kredit olib, novvoyxona faoliyatini yo‘lga qo‘ydi. U ham to‘rtta yangi ish o‘rni yaratib, 4 nafar fuqaroni ish bilan ta’minladi. Ular bugungi kunda aholiga arzon va sifatli non yetkazib bermoqda.
Azamat Aminov,
SamDU talabasi.