Bank xizmatlari raqamli texnologiyalar yordamida ko‘rsatilmoqda

Prezidentimizning joriy yil 21 apreldagi “Davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari mustaqilligini ta’minlash hamda faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, bankimizda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha alohida ichki nazorat bo‘linmasi tashkil etildi.

Bugun bo‘linma tomonidan korrupsiya holatlarini aniqlash va ularning oldini olish, mehnat jamoasida murosasiz munosabatlarni shakllantirish hamda manfaatlar to‘qnashuvlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.

Ayniqsa, bank xizmati jarayonlarini raqamlashtirayotganimiz korrupsiyaga qarshi kurashda muhim omilga aylanyapti. Masalan, “SQB BUSINESS” va “SQB Mobile” dasturlari orqali mijozlarga 24/7 rejimida xizmatlar ko‘rsatilyapti. Buning samarasida mijozlarimiz bankga kelmasdan turib foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.

Shuningdek, korrupsiyaning oldini olish faqat nazorat choralari bilangina emas, balki xodimlar va mijozlarning huquqiy ongini oshirish orqali ham amalga oshirilmoqda. Uchrashuvlar, seminarlar davomida halollik va qonunga sadoqat tamoyillari targ‘ib etilmoqda.
Bundan tashqari, muassasalarimizda korrupsiya yoki manfaatlar to‘qnashuvi holatlari haqida xabar berish uchun “ishonch telefoni”, maxsus veb-forma va “Telegram” chat-botlar tashkil etilgan.

F.GAFAROV,
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB viloyat filiali korrupsiyaga qarshi kurashish guruhi xodimi.