Bankomatlardan naqd pul olish cheklanmaydi

- Naqd pullar virus tashuvchisi hisoblanar ekan. Shu bois bankomatlardan naqd pul olish ham cheklanadimi?

J.BOYMATOV,

Samarqand tumani.

- Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti naqd pullardan foydalanish virus tarqalishiga olib keluvchi kanallardan biri bo‘lishi mumkinligi haqida ma’lum qilgan.

Shunga muvofiq koronavirus pandemiyasi davrida virusning naqd pullar orqali insondan insonga yuqishi mumkin. Buning oldini olish maqsadida Markaziy bank tomonidan joriy yilning 24 mart sanasidan barcha bank muassasalari bank kassalariga kelib tushgan naqd pullar qayta sanalib, multivak apparati yordamida o‘rab-bog‘langandan so‘ng kamida bir hafta muddatda pul omborxonalarda alohida saqlangandan so‘ng chiqim qilish yuzasidan ko‘rsatma berilgan.

Bankomatlardan naqd pul olish bo‘yicha hech qanday cheklovlar joriy etilgani yo‘q.

Savolga Markaziy bankning viloyat bosh boshqarmasi Naqd pul muomalasini tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i F.Ahmedov javob berdi.