Barcha sport ta’lim muassasalari nomuayyan muddatga yopildi, O‘zbekiston chempionatlari qoldirildi
2020 yil 16 mart sanasidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi barcha ta’lim muassasalari noma’lum muddatga yopildi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirining tegishli buyrug‘i bilan vazirlik tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha ta’lim muassasalari, jumladan, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, Respublika Olimpiya zaxiralari maktab-internatlari, Olimpiya va milliy sport turlariga ixtisoslashtirilgan maktab internatlar, IBO‘SMlar, BO‘SMlaridagi pullik va bepul to‘garaklar, shuningdek, yopiq suzish havzalaridagi barcha to‘garaklar nomuayyan muddatga ta’tilga chiqarilganini ma’lum qilamiz.
Shu bilan birga mamlakatimiz hududida o‘tkaziladigan barcha sport turlari bo‘yicha O‘zbekiston chempionatlari va kuboklari hamda boshqa ichki musobaqalar ham noma’lum muddatga qoldiriladi.