Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Baxshichilik festivalida milliy an’analarimiz, ko‘hna Samarqand tomoshabinlar e’tiborida

Qoraqalpog‘istonning Nukus shahrida bugun boshlanadigan II-Xalqaro baxshichilik san’ati festivalida Abdualim Bekmurodov, Shavkat Bobomurodov, Sayim Ergashev kabi qo‘shrabotlik, nurobodlik va bulung‘urlik nomdor baxshilar, hunarmandlar, teatr aktyorlari, xonandalar munosib ishtirok etmoqda.

Samarqand viloyatiga ajratilgan hududda ko‘hna Tillakori madrasasi, hunarmandlar rastasi hamda ularning yasagan mahsulotlari ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Samarqand deganda, albatta, uning o‘ziga xos va xushta’m nonlari ham ko‘z oldimizga keladi. E’tiborlisi, mazkur maydonda 600 dan ziyod Samarqand nonlari ko‘rgazmasi ham festival ishtirokchilari va tomoshabinlarni befarq qoldirmadi.

Teatr aktyorlari tomonidan tayyorlangan tarixiy sahna ko‘rinishlari, bobomiz Amir Temur va Ulug‘bek siymolari, maqom ansambli va samarqandlik xonandalarning diltortar kuy-qo‘shiqlari, milliy an’ana va qadriyatlarimizni namoyish etayotgan “Chavqi” va “Beshqarsak” folklor jamoalarining chiqishlari barchani davraga chorlamoqda.

Festival 20 oktyabrgacha davom etadi.

Xurshid Gadoyev.