Baxshichilik san’ati YuNESKOning Umumjahon nomoddiy madaniy meroslari ro‘yxatiga kiritildi

Shu yil 13-18 dekabr kunlari YuNESKOning Umumjahon nomoddiy madaniy meroslarni muhofaza qilish bo‘yicha qo‘mitasining navbatdagi 16-sessiyasi onlayn tarzda o‘tkazilib, unda 152 mamlakatdan 905 ishtirokchi qatnashdi, 12 mingdan ortiq qiziquvchilar sessiya ishini kuzatib bordi.

Sessiya muhokamalaridan so‘ng 47 ta yangi element insoniyat nomoddiy madaniy meroslar ro‘yxatiga kiritilib, ularning umumiy soni 629 taga yetdi (139 ta davlatlar nomidan).

Ro‘yxatga yangi kiritilgan 47 ta yangi element qatorida baxshichilik san’ati ham bo‘lganligi va xalqaro nomoddiy madaniy meroslar ro‘yxatida endi milliy meroslarimiz soni 10 taga yetgani shu yurtda yashovchi har bir kishida faxr uyg‘otadi.

YuNESKO tan olgan ushbu 10 ta milliy nomoddiy meroslari quyidagilar:

  1. Boysun tumani madaniyati (2008 yil);
  2. Shashmaqom (2008 yil - O‘zbekiston va Tojikiston);
  3. Katta ashula (2009 yil);
  4. Navro‘z (2009 yil - O‘zbekiston va yana 11 ta davlat: Ozarbayjon, Albaniya, Afg‘oniston, Yugoslaviya, Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Turkiya);
  5. Askiya - aql-idrok san’ati (2014 yil);
  6. Palov tayyorlash madaniyati va urf-odati (2016 yil);
  7. Marg‘ilon hunarmandchilikni rivojlantirish markazi, atlas va adras matolarini to‘qishning an’anaviy texnologiyasi (2017 yil);
  8. Xorazm lazgisi (2019 yil)
  9. Miniatyura san’ati (2020 yil - Ozarbayjon, Turkiya, Eron);
  10. Baxshichilik san’ati (2021 yil).

 Sh.Suvonqulov tayyorladi.