“Baxshilarga beshik – Qo‘shrabot”

Festival doirasida shu nomli ijodiy uchrashuv tashkil etildi. Unda taniqli shoir va yozuvchilar qo‘shrabotlik ijodkorlar, yosh iste’dod egalari bilan dildan suhbat qurdi. Uchrashuv mushoiraga aylanib ketdi.

- Bunday tadbirlar yoshlar tarbiyasida katta ahamiyatga ega, - deydi akademik Bakriddin Zaripov. – Bunday nufuzli festival yangi iste’dodlarni izlab topishda, ularni qo‘llab-quvvatlashda muhim rol o‘ynayapti. O‘zbekiston xalq baxshisi Erkin O‘rolov qo‘shrabotlik yosh ijodkor Islom Alining “Qo‘shrabot” she’rini kuyga solib, do‘mbira jo‘rligida ijro etib berganini eshitib, juda xursand bo‘ldim. Bunday tadbirlar davom etishi kerak.
Shuningdek, yosh ijodkorlar o‘rtasida tanlov tashkil etildi. Unda viloyatimizning turli mahallalaridan 12 nafar iste’dod egalari o‘z mahoratini ko‘rsatdi. Unga ko‘ra, Qo‘shrabot tumani Yangiobod mahallasida istiqomat qiluvchi yosh ijodkor Mahmud Pardaboyev birinchi o‘rinni egalladi.