Belgilanmagan suv havzalarida cho‘milmang!

Kunlarning isib ketishi fuqarolarning belgilanmagan suv havzalarida, ariqlarda, kanallarda cho‘milishiga sabab bo‘lmoqda. Bu esa ayrim ko‘ngilsiz hodisalarni, cho‘kib ketish holatlarini yuzaga keltirmoqda.
Favqulodda holatlarni oldini olish maqsadida Samarqand shahar faviulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan belgilanmagan joylarda cho‘milishni taqiqlovchi plakatlar, bannerlar hamda eslatmalar shahardagi barcha suv havzalariga o‘rnatilyapti. Fuqarolarga qo‘shimcha yo‘riqnomalar tarqatilmoqda.
Yoz mavsumini maroqli o‘tkazishda o‘zimiz va oila a’zolarimiz hayotiga befarq bo‘lmaylik.
T.Ashurov,
Samarqand shahar FVB inspektori, leytenant.