Beminnat huquqiy yordam ko‘rsatamiz

“Yuksak salohiyat” jamoat birlashmasining Samarqand filiali 2019 yil may oyida ro‘yxatga olingan edi.

Maqsadimiz viloyatimiz aholisining huquqiy himoya qilinmagan qatlami uchun yuridik xizmatlardan foydalanish imkoniyatini yaratish, fuqarolarning konstitutsion huquqi va majburiyatlari haqidagi bilimlarini oshirishdan iborat.

Shundan buyon O‘zbekistonda sud-huquq islohotlari bo‘yicha USAID dasturi doirasida loyihalarimizni amalga oshirib kelyapmiz.

Loyihamiz viloyatning to‘rt hududi – Samarqand shahri, Oqdaryo, Toyloq va Samarqand tumanlari aholisiga bepul yuridik xizmat ko‘rsatishni qamrab oladi. Shu kungacha ushbu hududlardagi 6,7 mingdan ziyod aholiga huquqiy maslahat berdik. Maslahat olganlarning asosiy qismi ayollar (4398 kishi).

Kuzatishlarimizcha, har to‘qqizinchi fuqaroda huquqiy maslahat olishga ehtiyoj bo‘ladi. Ammo aksariyat yuridik firmalar tijorat asosida ishlaydi. Shu bois ko‘pchilik pensioner, nogiron yoki ko‘p farzandli oilalarning yuridik xizmatlardan foydalanishga qurbi yetmasligi mumkin. Huquqshunosga murojaat bilan keluvchilarning masalalari esa turlicha. Ayrim kishilarga imtiyoz va subsidiya olishlari uchun hujjatlarni savodli rasmiylashtirish, boshqasiga mehnat munosabatlarini hal qilish, xato imzolangan shartnomani bekor qilish talab etiladi.

Bulardan tashqari, aliment undirish, mol-mulkni taqsimlash, imtiyozli uy-joy olish, ipoteka kreditiga navbatda turish uchun arizani qanday to‘ldirish bo‘yicha ham murojaatlar ko‘p.
Bepul huquqiy yordamlarimizni telefon orqali ham ko‘rsatamiz!

Quyidagi telefon raqamlar orqali huquqshunoslarimizdan jo‘yali maslahatlar olishingiz mumkin:
+998933305656, +998933305858, +998933305959, +998933305252.

“Yuksak salohiyat” jamoat birlashmasining Samarqand filiali.

Reklama