Bepul huquqiy yordam ko‘rsatiladi

Unda turizm sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar duch kelayotgan muammolar va ularni bartaraf etish masalalari muhokama etildi.
– Bugungi kunda viloyatimizda sayyohlarga xizmat ko‘rsatuvchi 107 ta mehmonxona va 56 ta turistik firma mavjud, – deydi Advokatlar palatasi viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i O.Axtamov. – Ularning faoliyatida uchrayotgan muammolarni hal etish jarayonida huquqiy yordam berishda advokatura muhim o‘rin tutadi. Shuni inobatga olib, viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan advokatlar turistik firmalarga turizm bilan bog‘liq masalalarda bir yil davomida bepul huquqiy maslahat berish tashabbusi bilan chiqdi.

Folib ABDUSAMATOV.