2025 yilning eng kuchli pasportlari

Pasport mamlakatning diplomatik ta’siri va o‘z fuqarolariga taqdim etadigan global harakatchanlikni aks ettiradi. «Henley & Partners» xalqaro kompaniyasi ma’lumotlari asosida taqdim etilgan ushbu infojadvalda 2025 yilda yirik mamlakatlar pasportlarining nufuzi vizasiz yo‘nalishlar soniga qarab tartiblangan.
2025 yilda Singapur o‘z fuqarolari uchun 193 davlatga vizasiz kirishni ta’minlab, dunyodagi eng kuchli pasportga ega davlat, deb topildi. Singapur pasportining nufuzi mamlakatning mustahkam xalqaro aloqalari va iqtisodiy barqarorligini aks ettiradi. Undan keyingi o‘rinlarda 190 ta yo‘nalish bo‘yicha Yaponiya va Janubiy Koreya turadi.
Fransiya, Germaniya, Italiya va Ispaniya kabi Yevropa davlatlari fuqarolari 189 ta davlatga kirish imkoniyatiga ega pozitsiyalari bilan yuqori pog‘onalardan joy olgan. Umuman olganda, barcha Yevropa davlatlarining pasport nufuzi baland, yirik Yevropa davlatlari orasida eng past ko‘rsatkichga ega, vizasiz 187 ta yo‘nalish bilan Shveysariya ajralib turadi. Rossiyaliklarning 114 ta davlatga vizasiz kirish imkoniyati bor.
Buyuk Britaniya (186), Avstraliya (185) va Kanada (184) fuqarolari 182 davlatga vizasiz kirish huquqiga ega bo‘lgan AQShdan salgina oldinda.
Rivojlanayotgan yirik davlatlar orasida Braziliya va Argentina davlatlari fuqarolarining sayohat erkinligi o‘rtacha darajada yuqori (170 ta yo‘nalish). Ta’kidlash joizki, aholi soni ko‘pligi va global ahamiyati ortib borayotganiga qaramay, Xitoy (83), Hindiston (58) va Vetnam (50) davlatlari ro‘yxatning eng quyi pog‘onasida joylashgan bo‘lib, fuqarolarining cheklangan harakatchanligini aks ettiradi.