Berkitilgan 3000 litr dizel fosh bo‘ldi

“Olot” chegara bojxona posti orqali katta miqdordagi dizel yoqilg‘isini yurtimizga olib kirishga bo‘lgan urinish o‘z vaqtida bartaraf etildi.

Unda qo‘shni davlatdan mamlakatimizga kirib kelgan fuqaro boshqaruvida bo‘lgan yuk avtomashinasi belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi. Tekshiruv jarayonida esa, mazkur yuk avtomashinasida bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan, umumiy qiymati 16,5 million so‘mlik jami, 3000 litr dizel yoqilg‘isi yashirilganligi aniqlandi.

Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, hozirda yurtimizga qayta sotish maqsadida olib kelingan mazkur dizel yoqilg‘isi ashyoviy dalil sifatida olinib, holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.