O‘zbekistonda birinchi marta AI-98 markali benzin ishlab chiqarildi

Buxoro neftni qayta ishlash zavodida yuqori oktanli avtomobil benzini ishlab chiqarishni yo‘lga quyish bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilib, AI-98 yuqori sifatli etellanmagan benzin ishlab chiqarish o‘zlashtirildi.

AI-98 benzini yuqori detonatsiyaga qarshi xususiyat (oktan xarakteristika)lari tufayli dvigatel quvvatini oshiradi hamda tezlanish dinamikasini yaxshilaydi, tebranish, shovqin darajasini pasaytiradi, shuningdek, yonilg‘i sarfini sezilarli darajada kamaytiradi.

Hozirda 380 tonna hajmdagi benzinning fizik-kimyoviy xususiyatlari standartga binoan muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilgan.

Ta’kidlanishicha, mazkur markali avtomobil benzinini ishlab chiqarishda xorijiy mutaxassislarning ko‘magisiz izlanishlar olib borilgan.