Bilimli va faol bitiruvchilar e’tiborsiz qolmaydi
Kecha, 27 iyun kuni Samarqand shahridagi yoshlar markazida oliy ta’lim muassasalarining iqtidorli bitiruvchilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Onlayn tarzda tashkil etilgan uchrashuvda viloyat hokimligi tashkiliy-nazorat guruhi rahbari B.Rahmatullayev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat xizmatini rivojlantirish agentligi viloyat filiali rahbari D.Sa’dullayev yoshlarni ish bilan ta’minlash bilan bog‘liq savollariga javob berdi.
Ta’kidlandiki, joriy yilda viloyatimizdagi 7 ta oliy ta’lim muassasasini 7 mingdan ortiq talaba bitirmoqda. Oliy o‘quv yurtlarida tahsil olgan 331 nafar talaba eng munosib deb tanlab olingan. Viloyat hokimligi ushbu tanlab olingan bitiruvchilarni kadrlar zaxirasiga olib, ularning o‘zlari tanlagan mutaxassislik bo‘yicha ishga joylashishini nazoratga oladi.
Baxtiyor Mustanov.