Bir ayolni qiynoqqa solgan uch ayolga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkent shahar IIBB ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoni o‘rganib chiqdi. Unda 3 nafar ayol bir ayolni tahqirlab kaltaklayotgani aks etgan.

Ma’lum bo‘lishicha, hodisa 7 avgust kuni Sergeli tumanida sodir bo‘lgan. Ayollarning shaxslari aniqlangan: 41 yoshli farg‘onalik M.M. (muqaddam qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash ayblovi bilan sudlangan) 35 yoshli surxondaryolik Sh.P. (muqaddam o‘g‘rilik ayblovi bilan sudlangan) va 23 yoshli farg‘onalik Sh.K. Jabrlanuvchi – 29 yoshli farg‘onalik G. E.

M.M. jabrlanuvchini o‘g‘lini o‘ziga sehrlab olishda ayblagan. Shuning uchun dugonalari bilan uning adabini berib qo‘ymoqchi bo‘lgan. So‘ngra buni videoga olib, jabrlanuvchini sharmanda qilish uchun internetga joylashtirgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 110-moddasi 1-qismi bilan jinoiy ish ochilgan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.