Bir donasi 20 dollardan sotiladigan “qora olmos” olmalari

Negadir odamlar uni yetishtirishdan bosh tortadi?

Tarkibida ma’lum bir rang beradigan tabiiy bo‘yoq – antotsianlar mavjudligi tufayli olmalar har xil rangga “bo‘yalgan”.

Yaqinda do‘kon peshtaxtalarida yangi rangdagi olmalar paydo bo‘ldi. Bu olmalar nafaqat to‘q binafsha rangi, balki tarkibidagi minerallar va foydali komponentlar mavjudligi bilan ham farqlanadi. Shuningdek, bu olmalar boshqa olma turlariga qaraganda ancha shirali va mazaliroq.

Yangi Zelandiyada yaratilgan, keyin Xitoy va Tibetga olib kelingan olmaning bu naviga "qora olmos" deb nom berildi. Qora olmos tashqi tomondan hayratlanarli darajada yaltiroq va juda silliq. Ushbu olmalarning muhim afzalligi shundaki, ular turli parazitlardan himoyalangan va bir necha daraja sovuq haroratga bardosh bera oladi.

Kamyob olmalarni faqat ko‘p quyosh nuri tegadigan baland tepalikliklarda yetishtirish mumkin. 2011 yilda Xitoyning  Ninchi okrugida ushbu olmalar uchun ulkan bog‘ tashkil etilib, ko‘chatlar ekildi. Sohibkorlar keyingi uch yil davomida daraxtlarni astoydil parvarish qilib keldi.

“Qora olmos” taxminan oktyabr oyida yig‘ib olinadi, noyabr va dekabr oylarida mahsulotning faqat 30 foizi sotuvga chiqariladi. Qolganlari rang sifat belgisi bo‘yicha standartlardan o‘tmaydi. Shu sababli, iste’molchigacha bu mazali olmalarning oz miqdori yetib boradi.

Kichik hajmlari tufayli, “qora olmos” juda yuqori narxga ega va hamma ham ularni sotib olishga qodir emas. Aynan shu sababli “qora olmos” fermerlarga foyda keltirmaydi.

O‘z-o‘zidan eksklyuziv mahsulotlar sirasiga kirishi tufayli Xitoyda bu olmalardan noyob mahsulot sifatida foydalanishga qaror qilindi. Ko‘pincha, ularni har biri 6-8 donadan iborat bayram paketlarida ko‘rish mumkin va “qora olmos”ni sotib olmoqchi bo‘lganlar uchun buyurtmalar oldindan qabul qilinadi.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.