Bir murojaat ortidan 5 nafar fuqaroning 7 ta hujjati tiklandi

Shu yilning 3 yanvar kuni Oqdaryo tumanining Davlan qishlog‘ida yashovchi oilaning boshiga kulfat tushdi. Uyi yonib ketishi oqibatida xonadon egalariga tegishli barcha hujjatlar kuyib kul bo‘ldi.

Tilsiz yov bois boridan va hujjatlaridan ayrilgan Sh.Samatova ko‘pning maslahati bilan Oqdaryo tumani adliya bo‘limiga o‘zi va turmush o‘rtog‘ining fuqarolik pasporti hamda 3 nafar farzandining tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomalarini tiklab berishni so‘rab murojaat qildi.

Murojaat o‘rganildi va tegishli vakolatli idoralarni hamkorlikka jalb qilgan holda tuman adliya bo‘limi barcha hujjatlarni bepul rasmiylashtirib berdi. Oila vakillari - A.Boliyev va  Sh.Samatovaning pasporti va tug‘ilganlik guvohnomalari, farzandlari R.Akbarova, Sh.Akbarov, Sh.Samatovlarga tug‘ilganlik haqida guvohnomalar  amaldagi qonun hujjatlariga binoan davlat bojidan ozod etilgan holda qayta rasmiylashtirilib berildi.

 

Davron Ashurov,

Oqdaryo tuman adliya bo‘limi boshlig‘i.