Bir oilaning 5 nafar a’zosi is gazidan zaharlandi
Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida is gazidan oilaviy zaharlanish holati qayd etildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Aniqlanishicha, kecha, 6 yanvar kuni soat 11:30 larda Qarshi shahar, Tabassum mahallasida yashovchi D.N. (1983 yilda tug‘ilgan), rafiqasi G.Q. (1983 yilda tug‘ilgan), 3 nafar (2007-2010-2017 yillarda tug‘ilgan) farzandlari uyni isitish maqsadida “PG-2” gaz plitasini yoqib qo‘yganligi natijasida is gazidan zaharlangan.
Ularning barchasi shifoxonaga olib borilgan va sog‘lig‘i yaxshilanganligi sababli uyiga ruxsat berilgan.
Mazkur holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.