Bir shaxs viloyat davlat soliq boshqarmasini sudga berdi

Ochiq ma’lumotlarga ko‘ra, sud ishi bugun ko‘rib chiqiladi.

Albatta, bir qarashda odiy holat sifatida ko‘riladigan ish doim ham takrorlanavermasligini anglash mumkin. Zotan, jamiyatda katta obro‘ va ta’sirga ega boshqarmadan yetkazilgan zararni qoplanishini talab qilish tez-tez kuzatiladigan holat emas.

Surishtiruvlarimizga ko‘ra, jabrlanuvchi bir muddat avval soliq idorasidan ishdan bo‘shatilgan. Buni o‘ziga nisbatan nohaqlik sanab, tegishli tartibda olib borgan sa’y-harakatlari natijasida sobiq soliqchi yana ishga tiklangan. Tabiiyki, bekor yurgan kunlari (majburiy progul) uchun haq undirib olgan.

Endi esa u o‘ziga ma’naviy zarar ham yetkazilgan, deb hisoblayapti. Va uni ham talab qilib sudga murojaat qilgan...