Birlamchi tibbiy-sanitariya yordamida yangi mexanizmlar joriy etish oqsayapti

Qayd etilishicha, tajriba-sinov o‘tkaziladigan Samarqand shahar, Bulung‘ur va Ishtixon tumanlarida 9 turdagi axborot kommunikatsiya jihozlari va tarmoq qurilmalar bilan ta’minlash bo‘yicha biror amaliy ish boshlanmagan.

“Tibbiyotda 90 kunlik o‘zgarishlar vaqti” dasturi bo‘yicha tuman-shaharlarda 6 ta yo‘nalish bo‘yicha 22,7 milliard so‘m ajratilishi belgilangan bo‘lib, bugunga qadar 3,1 milliard so‘m yoki 14 foiz mablag‘ ajratilgan xolos.
Viloyat hokimligi apparat yig‘ilishida ushbu masala muhokama qilingan. Ayrim tumanlarda onalar va go‘daklar o‘limi oshganligi tanqid qilinib, mutasaddilarga aniq topshiriqlar berilgan.