Bitiruvchilarga kitob sovg‘a qilindi

Paxtachi tumanidagi rus tilida dars beruvchi 21-umumta’lim maktabini joriy yilda 69 nafar bitiruvchi yangi hayotga qadam qo‘ydi. Mazkur maktabda 88 nafar o‘qituvchi 1126 nafar o‘quvchiga dars berib keladi.

Bitiruvchilarning 5 nafari fan olimpiadasi viloyat bosqichida munosib ishtirok etgan. Ikki nafari muddatidan oldin talaba bo‘lgan.

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi viloyat bo‘limi boshlig‘i G‘.Boboxolov shu maktabda o‘qigan. U ushbu maktabda bo‘ldi va o‘quvchilar bilan oliy ta’limga tayyorgarlik ko‘rishda e’tibor berish zarur bo‘lgan holatlar haqida suhbatlashdi.

Uchrashuv davomida katta hayotga qadam tashlayotgan yoshlar oldida turgan vazifalar, o‘qish, izlanish kerakligi, bu borada ular uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, ta’til davrida ham o‘quvchilar bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi, o‘z ustida ishlashi lozimligi aytib o‘tildi.

O‘quvchilarning yozgi ta’tilni maroqli o‘tkazishi, kitob mutolaasiga oshno bo‘lishi uchun maktab axborot-resurs markaziga badiiy kitoblar sovg‘a qilindi.

Shuningdek, G‘.Boboxolov tumandagi 47 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabida ximiya, fizika va biologiya fanlari bo‘yicha virtual laboratoriya SD-disklar yaratilishi, bu borada SamDU hamda hududiy malaka oshirish instituti bilan hamkorlikda ishlar boshlanganligi haqida ma’lumot berdi.