Makkajo‘xorining 8 foydali xususiyati

  1. Makkajo‘xori tarkibida V1, V2, RR, S, D, K darmondorilari, kalsiy, fosfor, temir, natriy minerallari mavjud. Foydali xususiyatini yo‘qotmasligi uchun uni bug‘da pishirish tavsiya etiladi.
  2. Ateroskleroz xastaligi bilan og‘rigan bemorlar haftasiga 1-2 dona qaynatilgan makkajo‘xori iste’mol qilsalar foydadan holi bo‘lmaydi. Chunki uning donlari tomirlarda tromb hosil bo‘lishining oldini oladi va tarkibidagi to‘yinmagan moylar qondagi xolesterin miqdorini normallashtiradi.
  3. Surunkali charchoq, holsizlikdan aziyat chekayotgan kishilarga 200 gramm makkajo‘xori qo‘shib tayyorlangan salat tanovul qilish tavsiya etiladi. Muntazam makkajo‘xori tanovul qilgan kishilar xotiralaridan sira shikoyat qilmaydilar.
  4. Turli bayram va to‘kin dasturxonli tadbirlardan keyin tanovul qilingan makkajo‘xori tarkibidagi selen moddasi organizmda to‘plangan yog‘larni tezroq chiqarib yuboradi va jigarga yengillik bag‘ishlaydi. Agar ovqatlanishdan oldin tanovul qilinsa, taom hazmi yengillashadi.
  5. Shuningdek, makkajo‘xori tarkibidagi biriktiruvchi to‘qimalar (kletchatka) qorin dam bo‘lishini bartaraf etishda benazir vosita hisoblanadi.
  6. Makkajo‘xori popugi tabobatda peshob haydovchi vosita sifatida keng qo‘llaniladi. Choydek damlab ichilsa, buyrakdagi toshlarni parchalaydi.
  7. Makkajo‘xori moyi kosmetologiyada ham keng ishlatiladi. Uning tarkibidagi moddalar zararlangan sochlarni tiklab, jilolantiradi va hajm beradi. Makkajo‘xori kraxmali ko‘shib tayyorlangan niqoblar ajinlarga qarshi vosita sifatida ko‘p qo‘llanadi.
  8. Qon ivishi sekin kechadigan bemorlar, ortiqcha vaznga moyil kishilar, oshqozon yarasi va allergiyadan aziyat chekuvchilar makkajo‘xorini shifokor tavsiyasiga ko‘ra iste’mol qilishlari lozim.