Biznes-ombudsman vakolati kengaydi
Qonunchilik palatasi tomonidan 2021 yil 17 noyabrda qabul qilingan, Senat tomonidan 2021 yil 15 dekabrda ma’qullangan va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2022 yil 11 yanvarda imzolangan O‘RQ-744-sonli Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 245 va 245(8)-moddalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Ushbu qonun to‘rt moddadan iborat bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 245-moddasining birinchi qismidagi ayrim moddalarga tadbirkorlik sub’yektlari huquqlarining buzilishi nazarda tutilgan huquqbuzarliklar bo‘yicha aniqlik kiritildi. Ya’ni, kodeksning 245(8)-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilga ushbu Kodeksning 43 (tadbirkorlik sub’yektlarining murojaatlari qismida), 200(2) (tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari buzilishi qismida), 241(1) - 241(4), 241(6), 241(8), 241(10)-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqliligi belgilandi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga hamda jarima tarzidagi ma’muriy jazolarni qo‘llashga uning o‘rinbosarlari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devoni bosh inspektorlari haqli ekanligi belgilab qo‘yildi.
Ushbu qonun bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakillarining vakolatlari kengaytirildi va tadbirkorlarning ishonchli ximoyasi yanada kuchaytirildi.
Orif Pardayev,
jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining raisi.