Bobosi tomonidan “zo‘rlangan nabira” ishi bo‘yicha ma’lumot berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Qaynotam besh yoshli qizimni zo‘rladi, erim meni alimentga berdi” sarlavhasi ostida tarqalgan videomurojaat yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB axborot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.

Mazkur videomurojaat yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB mas’ul xodimlari tomonidan o‘rganish olib borildi. Ushbu holat bo‘yicha muqaddam Xovos tumani IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilgan.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida Xovos tumani Bo‘ston MFYda yashovchi fuqaro A.O 2020 yil 13 noyabrda Xovos tumani IIBga ariza bilan murojaat qilib, o‘z murojaatida turmush o‘rtog‘i V.J. bilan 2007 yilda turmush qurganligi, 2020 yil 25 iyunda o‘rtalaridagi o‘zaro kelishmovchiliklar sabab, turmush o‘rtog‘i V.J bilan yashamasdan ajrashib ketganligini, 3 nafar farzandlaridan 2 nafar voyaga yetmagan qizlari turmush o‘rtog‘ining tarbiyasida qolganligini, 2020 yil oktyabr oyi o‘rtalarida voyaga yetmagan, 2015 yilda tug‘ilgan qizi G‘.S.ni qaynotasi S.J zo‘rlik ishlatib, o‘zining jinsiy ehtiyojini g‘ayritabiiy usulda qondirganligini ma’lum qilgan. Fuqaro A.O.ning arizasi yuzasidan Xovos tumani IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.

Sudga oid tibbiy ekspertizasining 2020 yil 12 dekabrdagi № 926-sonli xolisona bergan tibbiy xulosasiga ko‘ra, voyaga yetmagan G‘.S.ning badanida, shuningdek, jinsiy a’zolari sohasida biron-bir tan jarohati yoki jarohat izlari mavjud emasligi ko‘rsatilgan.

2020 yil 13 dekabr kuni Xovos tumani IIB TG tomonidan xolatga to‘liq oydinlik kiritish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi JKning 129-moddasi 2-qismiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov xarakatlari olib borilmoqda.