Bojxona boshqarmasi: rasmiylashtirilmasdan tasarruf etilayotgan 307 ta konteyner aniqlandi
Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan viloyatda faoliyat yurituvchi korxona nomiga tovarlarni tashish maqsadida vaqtincha olib kirilgan jami 453 ta konteyner inventarizatsiyadan o‘tkazildi.
O‘rganishlar natijasida, Bojxona kodeksining 146-moddasiga asosan tovarlarni tashish maqsadida vaqtincha olib kirilgan 453 ta konteynerdan 307 tasi beligilangan muddatda, ya’ni 90 kun ichida mamlakatimizdan olib chiqib ketilmaganli ma’lum bo‘ldi.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, korxona qiymati 706,1 mln. so‘m bojxona to‘lovlarini to‘lamasdan hamda konteynerlarni tegishli bojxona rejimiga rasmiylashtirmasdan tasarruf etib kelinayotganligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.