Bojxonachilar narkokurerni qo‘lga olishdi
- 23.06.2019 12:40
- 128
- Jinoyat va jazo
Bojxonachilar tomonidan mamlakatimizga giyohvandlik vositalarini olib kirishga uringan shaxs o‘z vaqtida to‘xtatib qolindi, deb xabar bermoqda Davlat bojxona qo‘mitasi.
Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Ayritom” chegara bojxona posti orqali mamlakatimizga kirib kelgan xorij fuqarosi V.T bojxona nazoratidan o‘tkazildi. Natijada, mazkur shaxsga tegishli qo‘l sumkasi ichida umumiy og‘irligi 51,27 gramm “ko‘knori” boshog‘i giyohvandlik vositasi va kiyimi cho‘ntagida 0,51 gramm “gashish” giyohvandlik moddasi borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Teglar:
bojxna