Yarim kilogrammga yaqin quyma tillalarni tanasiga yashirib olib o‘tishga uringan shaxs to‘xtatib qolindi
- 26.07.2019 17:42
- 217
- O‘zbekiston
Davlat bojxona qo‘mitasi xodimlari “Toshkent” xalqaro aeroportidan xorijga uchib ketayotgan fuqaro G.X.ning noqonuniy xatti-harakatlariga chek qo‘ydi.
Ushbu shaxs xolislar ishtirokida skaner qurilmasi yordamida bojxona nazoratidan o‘tkazilganda u quyma tilla bo‘laklarini o‘z tanasiga berkitib olganligi aniqlandi.
Natijada, fuqaro G.X.dan yashirincha olib o‘tishga urinilgan jami 434,6 grammni tashkil etuvchi 14 dona dumaloq shakldagi quyma tillalar ashyoviy dalil sifatida olindi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.