Bo‘lajak harbiy shifokorlar Navro‘zni qanday nishonlamoqda?

Samarqand davlat tibbiyot instituti harbiy kafedrasi ham bayramni yuqori saviyada nishonlashga hozirlik ko‘rmoqda. Avvalo, kafedra hududida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirdik. Mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari, gullar ekdik.

13-14 mart kunlari esa harbiy kafedrada tahsil olayotgan talabalar o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi. Sportning bir necha turlari bo‘yicha tashkil etilgan bellashuvlar g‘oliblarini jamoamizning bayram tadbirida rag‘batlantiriladigan bo‘ldi.

Muhammadiso Zaripov,

institut harbiy kafedrasi o‘quv qismi boshlig‘i.