Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

189 ball olgan Eldor Zayniyev Samarqand davlat tibbiyot institutida o‘qiydigan bo‘ldi

Samarqand davlat tibbiyot institutining davolash ishi yo‘nalishida tahsil olish uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyent Eldor Zayniyev 6 avgust kuni test sinovlarini topshirdi.

U uchta fandan 30 tadan berilgan test savollarining hammasiga javob berdi va eng yuqori bo‘lgan - 189 ballni qo‘lga kiritib, oliy o‘quv yurtida o‘qiydigan bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Samarqand davlat tibbiyot institutida o‘qish uchun jami 9121 nafar abituriyent ariza topshirgan bo‘lib, ayni paytda ularning 6325 nafari test sinovlarida qatnashdi.