Bosh shior o‘zgarmaydi

Men ijod qilishni maktab devoriy gazetasidan boshlab, tuman, shahar, viloyat, hatto markaziy nashrlarda ham faoliyat ko‘rsatdim. Korrektorlik, muxbirlik qildim, mudir bo‘ldim, hozir esa xususiy nashrga rahbarman.

Ana shu tajribaga tayanib, ayta olamanki, jurnalistikaning bosh maqsadi, strategiyasi o‘zgarmaydi. Uning bosh vazifasi – haq so‘zni ayta bilish. Ammo matbuotning umuman jamiyatning taraqqiyoti yana bir omilga bog‘liq. Bu – haq so‘zni aytishga imkon berish, haq so‘zni rag‘batlantirish. Nazarimda, bizda uzoq vaqtdan so‘ng ana shu ezgu jarayon ko‘zga tashlanayapti. Jamiyat tanqidni hazm qilishni o‘rgnyapti. Bu esa yosh hamkasblarimga katta imkoniyatlar eshigini ochyapti. Gap ana shu imkoniyatga munosib gapni ayta bilishda.
Jasoratingizga, zavqu shavqingizga ko‘z tegmasin, bayram muborak, aziz hamkasblar!

Rizo XUDOYQULOV,
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist.