Bosh vazirning yangi o‘rinbosari, almashgan vazirlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 yanvardagi farmoniga muvofiq, Elyor Majidovich G‘aniyev O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tasdiqlandi.

 

Shu munosabat bilan u O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

***

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 yanvardagi farmoniga muvofiq, Nodir Sobirovich Otajonov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

 

Shu munosabat bilan u O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – Tashqi savdo faoliyatini, eksport salohiyatini, mashinasozlik, avtomobil, elektrotexnika, mudofaa, paxtani qayta ishlash sanoatini va yengil sanoatni rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari kompleksining rahbari lavozimidan ozod etildi.

***

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 yanvardagi farmoniga muvofiq, Jamshid Abduxakimovich Xodjayev O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri lavozimiga tasdiqlandi.

 

Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo vaziri lavozimidan ozod etildi.

***

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 yanvardagi farmoni bilan “O‘zcharmsanoat” uyushmasi raisi lavozimida faoliyat yuritgan Umurzakov Sardor Uktamovich O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri etib tayinlandi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi va Tashqi savdo vazirligining qo‘shilishi orqali tashkil etilmoqda.