Bu ismni qo‘yish mumkin emas!

Ayrim mashhur kishilarning farzandlariga qo‘ygan ismlarini eshitib, endi dunyoda bizni ajablantiradigan hyech narsa qolmagan bo‘lsa kerak, deydi odam. Bunga Ilon Mask va qo‘shiqchi Graymsning o‘z farzandiga qo‘ygan X Æ A-12 ismi va aktrisa Gvinet Peltrouning Apple ismli qizi misol bo‘la oladi.

Ba’zi mamlakatlarda yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga ism qo‘yishda ma’lum cheklovlar bo‘lishi va ota-onalarning shu va shunga o‘xshash ijodiy g‘oyalari rag‘batlantirilmasligi kerak, deb hisoblashadi.

ADME mabodo muharrirlar to‘satdan boshqa davlatga ko‘chib o‘tishsa, ular o‘z farzandlariga qanday ism qo‘ya olmasligi to‘g‘risida qiziqdi.

Nutella va Qulupnay - Fransiya

Bir fransuz oilasi shirin shokolad pastasi sharafiga atab qizi ismini Nutella qo‘ydi. Ota-ona kelajakda farzandining butun dunyoda mashhur bo‘lishini orzu qilgan bo‘lsa, ajabmasBiroq bu boshqacha bo‘lib chiqdi. Maktabda tengdoshlari qizni masxara qila ketdi, shu sababli qizaloq o‘z ismini Ella deb o‘zgartirishga majbur bo‘ldi. Jamiyatida keng muhokama qilingan voqyea natijasida Fransiya hukumati bolalarga bu ismni berishni rasman taqiqlab qo‘ydi.

Yana bir fransiyalik qiziga Fraise (fransuzcha qulupnay) ismini qo‘ymoqchi bo‘lgan er-xotin rad javobini oldi. Buning sababi so‘z o‘yini bo‘lib, ko‘cha tilida shunga o‘xshash juda qo‘pol ibora mavjud. Natijada chaqaloqqa Fraisine ismqo‘yildi.

Terminator — Meksika

Uzoq vaqt davomida Meksikada bir paytlar Arnold Shvarsyenegger o‘ynagan film qahramoniga atab qo‘yilgan ismli chaqaloqlar juda ko‘payib ketdi. Shu sababli mahalliy hokimiyat Terminator ismini taqiqlashga qaror qildi.

Santa-Klaus — Ogayo (AQSh)

Ogayo shtatida yashovchi Robert Uilyam Handli Yangi yil bayramlarini shunchalik yaxshi ko‘radiki, u o‘z ismini Santa Robert Klaus deb o‘zgartirmoqchi bo‘ldi. Biroq, mahalliy hokimiyat bunday ismdan foydalanishni taqiqladi. Erkak bu qarordan qoniqmadi va ishni qayta ko‘rib chiqish uchun sudga da’vo ariza yozdi. Oxir-oqibat u suddan o‘z ismini o‘zgartirishga ruxsat olib chiqib ketdi.

Yalpiz va Tosh - Germaniya

Germaniyada bolaga Pfefferminze (nemis tilidan yalpiz deb tarjima qilinadi) ismini bermoqchi bo‘lishdi. Bu so‘rov “masxaraga sabab bo‘lishi mumkin”ligi sababli rad etildi. Stone (inglizcha “tosh”) ism qo‘ymoqchi bo‘lganlar ham bola o‘zini identifikasiya qila olmaydi, chunki bu ism emas, balki ob’yektdir, deb asoslangan rad javobini oldi.

Juma va Moviy - Italiya

Italiyada juma kabi haftaning go‘zal va sevimli kunini ism sifatida ishlatish taqiqlangan. Italiya sudi Venerdi (italyancha juma degan ma’noni anglatadi) ismini “bema’ni yoki kulgiliismlar toifasiga kiritdi va shu sababli undan foydalanish taqiqlanadi, deb qaror qildi.

Shuningdek, 2018 yilda Milanda mahalliy hokimiyat vakillari qiziga Blu (italyan tilidan “ko‘k” deb tarjima qilinadi) ismini qo‘ymoqchi bo‘lgan er-xotinga ruxsat byerishdan bosh tortdi. Qaror mamlakat prezidentining 2000 yildagi “farzandga beriladigan ism bolaning jinsiga mos kelishi kerakligi to‘g‘risidagi farmonidan keyin qabul qilindi.

@ - Xitoy

Xitoylik er-xotin biri farzandiga @ deb ism qo‘ymoqchi bo‘ldi. Gap shundaki, “kuchukcha” belgisi ay-ta sadosini beradi va xitoy tilida uni sevish ma’nosini anglatuvchi iboraga o‘xshab ketadi. Shu sababli bu g‘oya muvaffaqiyatsiz tugadi: Xitoyda ramzlarni ism sifatida ishlatish taqiqlangan.

Malika yoki Shahzoda - Yangi Zelandiya

Yangi Zelandiyada qiz bolalarga Prinsess(Malika) ismini berish taqiqlangan. Mamlakat bunday ismni rasmiy titul (prinsning xotini yoki qizi) ekanligini ro‘kach qilib rad etdi. Shuningdek, taqiqlangan ismlar ro‘yxatida shahzoda, qirol, malika, gersog, mayor, episkop, avliyo, ser, xonim, konstebl va baron kabi titullar ham bor.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.