Bugun Ar-Riyodda Rossiya va AQSh delegatsiyalarining ikkinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Makron Yevropa himoyasiga yadro arsenalidan foydalanishga tayyor

🔹 Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida Ukraina bo‘yicha Rossiya-Amerika muzokaralari bugun davom etadi.

🔹 Isroil rasmiylari kelishuvning ikkinchi bosqichi bo‘yicha muhokamalar boshlanishidan avval sulhning joriy bosqichini yana 42 kunga uzaytirmoqchi. Bu davr mobaynida tomonlar kelishuvning ikkinchi bosqichi va harbiy harakatlarni yakuniy to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishni rejalashtirgan. Biroq tomonlar o‘rtasida yakuniy kelishuvga hali erishilgani yo‘q.

🔹 AQSh ma’muriyati prezident Donald Tramp, Rossiya va Ukraina yetakchilari Vladimir Putin va Vladimir Zelenskiy o‘rtasidagi uchrashuvlar yaqin kelajakda bo‘lib o‘tishiga umid qilmoqda. Tramp Kiyevga yordam uchun sarflangan pullarni amerikalik soliq to‘lovchilarga qaytarish uchun Zelenskiy bilan foydali qazilmalarni qazib olish bo‘yicha shartnoma imzolamoqchi.

🔹 Fransiya AQSh Yevropadan chiqib ketgan taqdirda Germaniyada yadroviy qurolli qiruvchi samolyotlarni joylashtirishga tayyor, deb xabar beradi The Telegraph. Yevropaning AQShdan “mustaqilligi” tarafdori bo‘lgan Germaniya kansleri nomzodi Fridrix Mers Britaniya va Fransiyani mintaqani himoya qilish uchun yadro arsenallaridan foydalanishni kengaytirishga chaqirdi. Fransiya qiruvchi samolyotlarining Germaniyaga joylashtirilishi Vladimir Putin uchun "signal", Britaniya Bosh vaziri Key Starmerga esa xuddi shunday qilish uchun asos bo‘lishi mumkin, deyiladi nashrda.

🔹 Eron harbiylari Isroil va AQSh havo hujumi uyushtirishi mumkinligidan xavotirlar fonida yadro va raketa ob’yektlarida havo hujumidan mudofaa tizimlarini yuqori shay holatga keltirdi hamda qo‘shimcha havo mudofaa vositalarini joylashtirdi.

🔹 Tramp ma’muriyati tomonidan Ukraina prezidentini tanqid qilish fonidagi so‘rovlari ukrainaliklarning 57 foizi Vladimir Zelenskiyga ishonishi va urush davom etayotgan sharoitda prezidentlik saylovlarini o‘tkazishga qarshiligini ko‘rsatdi.

🔹 160 mingdan ortiq kanadaliklar Ilon Maskni Kanada fuqaroligidan mahrum qilishni talab qilgan petitsiyaga imzo chekdi. Milliarder “boyligi va kuchidan” mamlakatdagi saylovlarga ta’sir o‘tkazishda foydalanganlikda ayblanmoqda. Bunda javoban milliarder Kanadani soxta davlat deb atadi.

🔹 AQShning 35-prezidenti Jon Kennediga suiqasd paytida birinchi xonim Jaklin Kennedini otishmalardan himoya qilgan sobiq maxfiy xizmat agenti Klint Xill 94 yoshida vafot etdi. U xizmatlari uchun mukofotlar olgan, lekin yetarlicha tezkorlik qilmagani uchun o‘zini umrining oxirigacha prezidentning o‘limida ayblagan.

G.Xoldorova tayyorladi.