Dovyurak bolakaylar
2024 yilda AQSh da 12 yoshli bolakay ko‘rsatgan qahramonlik tildan tilga ko‘chdi.
Rayin Beyorman o‘g‘ilchasini olib ovga chiqqandi. O‘rmonda u ayiq bilan to‘qnashib qoldi. Yirtqich ovchiga tashlandi, agar bolakay esankirab o‘zini yo‘qotib qo‘yganida ayiq ovchini tilka pora qilishi aniq edi. Yo‘q, bola otasining miltig‘ini olib yirtqichga o‘q uzdi va uni qutqarib qoldi.
***
13 yoshli hind qizi jiyanini quturgan maymun changalidan qutqarib qoldi.
U ovozi bilan boricha itlarni yordamga chaqirdi. Itlarning vovullashidan qo‘rqib ketgan maymun bolani tashlab o‘rmonga qochdi.
***
Xitoyda bolakay yonayotgan uydan buvisi va otasini sudrab chiqdi. Oila a’zolari uxlab yotganda yong‘in chiqqandi.
Birinchi bo‘lib uyg‘ongan ota tutunda bo‘g‘ilib hushidan ketdi. Qichqiriqdan uyg‘onib ketgan bolakay butun kuchini to‘plab, otasini, keyin buvisini tashqariga olib chiqishga muvaffaq bo‘ldi.
T.Shomurodov tayyorladi.