Bugun barcha ishda bo‘lgan xodimlar kamida 1 soat vaqtli ketishi kerak, ertadan 5 kunlik dam olish boshlanadi

Mehnat kodeksi 187-moddasiga binoan, bayram (ishlanmaydigan) kunlari arafasida kundalik ish (smena) muddati barcha xodimlar uchun kamida bir soatga qisqartiriladi.

📆 Ertaga, 28 iyun may - Qurbon hayiti bayrami, ya’ni ishlanmaydigan bayram kuni.

⏰ Demak, bugun barcha xodimlar kamida 1 soat vaqtliroq uyiga ketishga qonuniy haqqi bor.

⏰ Bu degani, kechki soat 18:00 gacha ishlaydiganlar bemalol 17:00 da ishini yakunlashi mumkin.

✅Shuningdek, ertadan Qurbon hayiti bayrami munosabati ketma-ket 5 kunlik dam olish kunlari ham boshlanadi:

➡️ 28 iyun, chorshanba (bayram kuni);
➡️ 29 iyun, payshanba (barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni);
➡️ 30 iyun, juma (barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni);
➡️ 1 iyul, shanba (olti kun ishlovchilar uchun qo‘shimcha dam olish kuni);
➡️ 2 iyul, yakshanba (odatiy dam olish kuni).