Qurbon hayiti kuni yo‘lovchi avtobuslari soat 04.00 dan ish boshlaydi
- 26.06.2023 14:25
- 48
- Samarqand
Joriy yilning 28 iyun kuni “Qurbon hayiti” bayrami nishonlanishi munosabati bilan yo‘lovchilar tashish uzluksizligini ta’minlash va aholiga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish maqsadida Samarqand shahar avtobus yo‘nalishlaridagi barcha avtobuslar yo‘nalishlarga chiqariladi.
Viloyat transport boshqarmasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, “Qurbon hayiti” namozi o‘qilishi munosabati bilan masjidlarga kelib ketishda shahrimiz aholisiga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida avtobuslar harakati soat 4:00 dan boshlab yo‘lga qo‘yiladi.
Bayram munosabati bilan qo‘shimcha dam olish kunlari sifatida belgilangan 29, 30 iyun, shuningdek, 1, 2 iyulda esa jamoat transporti odatiy jadval asosida harakatlanadi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Kambag‘allikni kamaytirishda nimalar muhim?
- Kecha, 20:01
- Iqtisodiyot
Bugun shoir Nodir Jonuzoq tug‘ilgan kun
- Kecha, 19:56
- Mutolaa
Yur, chiqaylik sayrga, do‘stim...
- Kecha, 18:39
- Mutolaa
Dunyo neft bozoridagi asosiy dengiz arteriyalari
- Kecha, 18:33
- Xorij