Bugun madaniyat va san’at xodimlari kasb bayramlarini nishonlaydi

2020 yil iyun oyida Prezident tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va san’at xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi Qonun imzolandi.
Unga ko‘ra, 15 aprel - Madaniyat va san’at xodimlari kuni etib belgilandi.
Ayni paytda dunyoning ko‘plab davlatlarida ushbu sana Xalqaro madaniyat kuni sifatida nishonlanadi. Xususan, 2008 yildan Italiya, Ispaniya, Rossiya, Argentina, Meksika, Kuba, Latviya va Litva kabi davlatlarda 15 aprel – Xalqaro madaniyat kuni tantana qilinadi.
Mamlakatimizda madaniyat va san’at sohasini rivojlantirish, o‘zbek milliy madaniyati va san’ati nufuzini jahon miqyosida oshirish, yosh iste’dod egalarining qobiliyati va salohiyatini ro‘yobga chiqarish borasida fidokorona mehnat qilgan va yuqori natijalarga erishgan yurtdoshlarimiz aynan mana shu bayram kunida e’zoz va hurmatga sazovor bo‘lishadi.