Bugun Samarqand shahridagi barcha istirohat bog‘larida bolalar attraksionlardan bepul foydalanmoqda
1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Samarqand shahrida bolalar uchun turli tadbirlar o‘tkazildi.
Jumladan, Alisher Navoiy nomli ko‘chada sport musobaqalari, teatrlashtirilgan tomoshalar, hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmalari va konsert dasturlari namoyish etildi.
- Bu yilgi bayram tadbiri avvalgilaridan ancha farq qiladi, - deydi viloyat bolalar kutubxonasi rahbari Yusuf Muhammadiyev. – Jumladan, tadbirda kutubxonamiz xodimlari ertak qahramonlari ko‘rinishida bolajonlar uchun turli viktorinalar o‘tkazyapti. Savollarga to‘g‘ri javob bergan kitobxon jajjilarimizga sovg‘alar ulashmoqda.
Samarqand shahridagi barcha istirohat bog‘larida attraksionlar bepul xizmat ko‘rsatyapti.
To‘lqin Siddiqov,
Jasurbek Shukurov (surat).