Bugun Samarqandda ilk bor havo shari uchiriladi

Shuningdek, bugun samarqandliklar va shahrimiz mehmonlari uchun 19:00 da Registon maydonida «3D» mepping shousi namoyish etiladi.

Bundan tashqari festival ishtirokchilari viloyatimiz yoshlari bilan Samarqand davlat qishloq xo‘jaligi institutida uchrashuv o‘tkazishadi.

Festival doirasida tadbirkorlik, turizm, arxitektura, fan va texnologiyalarni rivojlantirishga bag‘ishlangan ma’ruzalar qilinadi. Faxriy mehmonlar yoshlarga mahorat darslarini o‘tkazishadi.

Shundan so‘ng ular Samarqandning diqqatga sazovor joylarini borib ko‘rishadi.

O‘zbekiston yoshlari ittifoqi tomonidan tashkil etilgan festivalda Tojikiston, Qirg‘iziston, Pokiston, Shveysariya, Turkiya, Yaponiya, Rossiya va AQShda istiqomat qiluvchi 70 dan ortiq yoshlar qatnashmoqda.