Bugun tajribali jurnalist, “Ovozi Samarqand” gazetasi bosh muharri o‘rinbosari Toshqul Azimovning tug‘ilgan kuni

  Toshqul Azimov (Azimzoda) 1950 yil 28 mayda Samarqand tumani Bog‘i-maydon qishlog‘ining Chilsutun mahallasida tug‘ilgan.   Tumandagi 25-umumta’lim maktabini bitirib, Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universitetining mexanika-matematika fakultetida o‘qigan.

  Yosh mutaxassis ko‘p yillar o‘zi tug‘ilib o‘sgan maktabda o‘quvchilarga matematikadan saboq berdi. 1991 yildan buyon “Ovozi Samarqand” gazetasida turli vazifalarda ishlab kelmoqda.   Toshqul aka tajribali jurnalist sifatida viloyatimiz jurnalistlari orasida o‘z munosib o‘rniga, obro‘-e’tiborga ega inson. Shu bilan birga badiiy ijod bilan shug‘ullanib, bir qator kitoblar nashr etishga erishdi.

  Fidoyi hamkasbimizni bugungi tavallud kuni, muborak 70 yoshi bilan chin qalbdan tabriklab, mustahkam salomatlik, barakali ijod va oilaviy xotirjamlik tilaymiz.