Bulung‘ur kartoshkachilikka ixtisoslashtiriladi
- 18.02.2021 16:58
- 128
- Samarqand
Prezidentimizning 2020 yil 6 maydagi “Respublikada kartoshka yetishtirishni kengaytirish va urug‘chiligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Bulung‘ur tumanining Fozil Yo‘ldosh, Kildon, Navoiy va A.Maxsumov agrofirmalari urug‘lik kartoshkaning super elita avlodini yetishtirishga ixtisoslashtirildi. Hamid Olimjon agrofirmasi hududida “Gren agro Zarafshon” kartoshkachilik klasteri tashkil etilib, hududdagi 60 ta fermer xo‘jalikning 435 gektar maydoni biriktirildi.
Joriy yilda 1 ming 850 gektar maydonda kartoshka ekish rejalashtirilgan. Shu maqsadda “Shamsiddin Jalilov” fermer xo‘jaligi tomonidan Fozil Yo‘ldosh, Hamid Olimjon, Kildon, Navoiy va A.Maxsumov agrofirmasi hududlarida asosiy maydonlarga ekish uchun Niderlandiyadan 220 tonna elita avlodli urug‘lik kartoshka keltiriladi.
“O‘zagroinspeksiya”ning viloyat boshqarmasi axborot xizmati.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Kambag‘allikni kamaytirishda nimalar muhim?
- Kecha, 20:01
- Iqtisodiyot
Bugun shoir Nodir Jonuzoq tug‘ilgan kun
- Kecha, 19:56
- Mutolaa
Yur, chiqaylik sayrga, do‘stim...
- Kecha, 18:39
- Mutolaa
Dunyo neft bozoridagi asosiy dengiz arteriyalari
- Kecha, 18:33
- Xorij