Bulung‘ur tumani tibbiyot birlashmasi qay ahvolda?

Viloyat hokimi topshirig‘iga ko‘ra, aholi salomatligini saqlash tizimini yuqori saviyada tashkil etishni ta’minlash hamda farmatsevtika sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari rejasi ishlab chiqildi.

Shu asosda Samarqand davlat tibbiyot universiteti ishchi guruhi tomonidan tuman tibbiyot birlashmasidagi ish jarayonlari o‘rganilib, bir qator xato va kamchiliklar aniqlandi. Jumladan, tibbiyot birlashmasi binosi, uning texnik va moddiy bazasi eskirgan hamda bemorlar bilan ishlashda kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan.

Tibbiyot birlashmasidagi davlat tomonidan beriladigan dori-darmonlarning hammasi ham aholiga berilmagan, laboratoriya xonalari sifatsiz sanitariya-epidemiologiya holatlariga to‘liq rioya qilinmagan. Shuningdek, dori vositalari ishlatilgandan so‘ng tashlanadigan chiqindi idishlarining usti yopilmagan. Bundan tashqari, TTB boshlig‘i tomonidan berilgan dori vositalari ro‘yxati imzolanmagan.

Aniqlangan nuqsonlar yuzasidan ishchi guruh tomonidan tushuntirish ishlari olib borildi. Shuningdek, Bulung‘ur TTB shifokorlari uchun davolash standartlari bo‘yicha 72 soatlik o‘quv kurslari tashkil etildi.